BabyTime hisobini o‘chirish
Bu sahifada BabyTime ilovasidagi hisobingizni va unga bog‘liq ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkinligi, nima o‘chirilishi va nima saqlanib qolishi tushuntirilgan.
1. Ilova orqali — darhol
- BabyTime ilovasini oching va hisobingizga kiring.
- “Profil” bo‘limiga o‘ting.
- Pastdagi “Hisobni o‘chirish” tugmasini bosing.
- Ogohlantirishni tasdiqlang va telefoningizga kelgan SMS kodni kiriting.
Kod tasdiqlangach, hisob shu zahoti o‘chiriladi.
2. Ilovasiz — telefon orqali
Ilovaga kira olmasangiz, +998 99 850 04 44 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki SMS yuboring va hisobingiz ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini ayting. Raqam sizniki ekanini tekshirish uchun shu raqamga qo‘ng‘iroq qilamiz yoki SMS yuboramiz. So‘rov 7 kun ichida bajariladi va natijasi haqida sizga xabar beramiz.
Qo‘ng‘iroq qilishNima o‘chiriladi
- ism va familiya, telefon raqam va profil rasmi;
- farzandlar haqidagi ma’lumotlar va tibbiy hujjatlar;
- saqlangan bank kartalari;
- chatdagi xabarlar;
- bog‘cha egasi bo‘lsangiz — bog‘changiz sahifasi yopiladi va qidiruvda ko‘rinmaydi.
Nima saqlanib qoladi
Bron va to‘lov yozuvlari buxgalteriya hisobi uchun faqat anonim holda — ism va telefon raqamisiz — qonunchilik talab qiladigan muddat davomida (5 yilgacha) saqlanadi.
Muhim
- Hisobni o‘chirishni ortga qaytarib bo‘lmaydi.
- Yakunlanmagan broningiz bo‘lsa yoki balansingizda pul qolgan bo‘lsa, avval ular hal qilinishi kerak — bunday holda bizga qo‘ng‘iroq qiling, yordam beramiz.